Dushanba, 06.05.2024, 09:07

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2016 » Iyul » 3 » Dil og'rig'i yomon ekan!
21:57
Dil og'rig'i yomon ekan!
Til chaqar chayon ekan dil og‘rig‘i,
O‘ldiradi ilon ekan dil og‘rig‘i,
Besuyak til yetqizgan bu jarohatlar-
Dil og‘rig‘i yomon ekan dil og‘rig‘i.
Ortimdagi mish mishlardan charchayapman,
Tuxmatlardan yolg‘onlardan qaqshayapman,
Men ularni kechirolmay yashayapman,
Dil og‘rig‘i yomon ekan dil og‘rig‘i.
Bir so‘z bilan ko‘ngil bog‘im ostin ustin,
Qay biriga ko‘zim tushib yo‘lin to‘sdim,
Dil yarasi bitmas ekan aslo do‘stim,
Dil og‘rig‘i yomon ekan dil og‘rig‘i.
Har eslasam kelaverar ko‘zimga nam,
Esga tushar aza kuni to‘y kuni ham,
Bu azobdan qutularman balki o‘lsam,
Dil og‘rig‘i yomon ekan dil og‘rig‘i
Bag‘ring o‘yar,qonga bo‘yar ,ko‘ksing tilar,
Bir kun oxir sog‘ odamni kasal qilar,
Bir achchiq so‘z tekkan ko‘ngil xasta bo‘lar,
Dil og‘rig‘i yomon rkan dil og‘rig‘i.
Pok nominga dog‘ tushirgan nuqson gaplar,
Dard ustiga tug‘diradi yana dardlar,
Bitmas ekan ko‘ngildagi jarohatlat,
Dil og‘rig‘i yomon ekan dil og‘rig‘i.
Ahad Qayum qon yig‘ladi bazan tunlar.
Категория: SmS Sevgi Voqealari | Просмотров: 992 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]