Dushanba, 06.05.2024, 13:11

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2016 » Iyul » 3 » Musofirlik risqin terib yurganlar!
22:04
Musofirlik risqin terib yurganlar!
Musofirlik risqin terib yurganlar...
Yillab ketsalar ham Vatandan yiroq,
Unutmaydi ona tuprog`in biroq.
Yuragini yemiradi ayriliq, firoq,
Oson tutmang o`zga yurtda yurganlarga,
Musofirlik risqin terib yurganlarga.
Uy-joylarning ortida qancha mehnat yotibdi,
Kimlar devor quraru, kimlar shifer qoqibdi.
G`iybatchilar ularga nelar deb gap otibdi,
Oson tutmang o`zga yurtda yurganlarga,
Musofirlik risqin terib yurganlarga.
Uylar qursa qurar mehnatin ortidan,
Mashina minsa minar davlatin ortidan.
Xech ham xor bo`lmas hunarin ortidan,
Oson tutmang o`zga yurtda yurganlarga,
Musofirlik risqin terib yurganlarga.
Ularga hamisha Xudo bo`lib yor,
Qayda bo`lsalar ham bo`lsin baxtiyor.
Ularning ko`ngli misoli oq qor,
Oson tutmang o`zga yurtda yurganlarga,
Musofirlik risqin terib yurganlarga.
Yaxshi niyat qilsalar, niyatlari bo`lgaydir murod,
Sog`lik, baxt va omad ularga doim bo`lsin hamroh.
Farzand ko`rsa ismin qo`ysin Xushnud yoki Xolmurod,
Oson tutmang o`zga yurtda yurganlarga,
Musofirlik risqin terib yurganlarga.
By Xushnud Ruzmetov
Категория: SmS Vatan | Просмотров: 830 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]