Yakshanba, 19.05.2024, 02:33

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2015 » Fevral » 20 » Yuragini yuragimga qo'shgan oyqiz.
10:25
Yuragini yuragimga qo'shgan oyqiz.
Yirtilgandir xalovatning ko’ylaklari,
Yulduzlar bu uning o’tli bo’laklari,
Ko’pdir hali aytilmagan tilaklarim,
Xush ifori devoridan oshgan oyqiz,
Yuragini yuragimga qo’shgan oyqiz.
Bo’y-ku, mayli, nigoh yetmas devollari,
Saddi Chindek kelar bisyor zavollari.
Tutmaydimi sarson yurak uvollari,
Lablarida noz- firog‘i jo’shgan oyqiz,
Yuragini yuragimga qo’shgan oyqiz.
Sirdoshlari tunda yulduz, oylar emish,
Bellarida qirq kokili soylar emish,
Lablarini qaro xoli poylar emish,
Kulguchidan kulgulari toshgan oyqiz,
Yuragini yuragimga qo’shgan oyqiz.
Ko’chasidan o’tsam, sirli handon otib,
Qo’yar ko’zim eshigiga bandi etib,
Devor ekan, osmon bo’lsin, oshay tib,
Bir bo’samsiz o’n sakkizga shoshgan oyqiz,
Yuragini yuragimga qo’shgan oyqiz.
__________
Просмотров: 699 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]