Dushanba, 20.05.2024, 04:09

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Dekabr » 13 » Shunchalar azoblaysanmi!
04:08
Shunchalar azoblaysanmi!
Sevgi,shuncha azoblaysanmi?
Bog'zimda bir tosh bor bu senmi?

Ko'ksim uzra nayzangni sanchgan,
Qora ko'zlar tushimga kirar.
Mayin hiding dimoqqa urgan,
Bahor, yozlar tushimga kirar.
Yurmoq bo'lib yurolmagan yo'l,
Yurak yutib ushlolmagan qo'l,
Es,hushimni o'g'irlagan ul
Sho'x ovozlar tushimga kirar.
Shirin tushdek o'tdi yoshligim,
Bunda bo'shab qolganday ko'nglim.
Na bir gulga arzirli bo'ldim.
Na bir ko'ngil bo'ldi sevgilim.
Bilaman men endi qaytmaysan,
Endi qaytmas dilga bahoring.
Nechun buncha azob berasan?
Dildagi dard sening ozoring.
Nega buncha armoning achchiq,
Nega buncha hasratlidirsan?
Nahot mangu yurakda sanchiq?
Nahot mangu telbadek yursam?

Sevgi shuncha azoblaysanmi?
Endi sendan umid uzsammi?
Категория: SmS Sevgi | Просмотров: 619 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]