Главная » 2014 » Yanvar » 19 » Haqiqiy sevgi Voqea
21:48 Haqiqiy sevgi Voqea |
Bu voqea qishda, 2-3 yil ilgari bo`lgandi adashmasam. Qish har yilgidan sovuq keldi, hamma tomonda qalin qor. O`sha kuni tongda odatdagidek ishga otlandim. Kun juda sovuq, ko`chada ham odam kam. Izg'irin qalin kiyimdan ham o`tib tanaga igna sanchadigan darajada. Aksiga olib mashinalar ham ko`rinmaydi. Yo`l chetida yupun kiyingan qariyaga ko`zim tushib bunaqa sovuqda ko`chada turganligiga hayron qoldim. Tushunarli, u tilanchilik qilayotgan ekan. Sira o`xshamaydi tilanchiga. Bu sovuqda ko`chada odam kamligi mayliyu, bori ham cho`ntak kovlashga erinadi. Yonidan o`tayotib biroz pul tutdim. Ko`zlari juda g'amgin boqarkan odamga. Tilanchilik qilishni istamayotgandek, uyalyotgani bilinadi. \Rahmat\ dedi zo`rg'a. Hech kimi yo`qmikana? Qariganda bu ahvolda... Juda achindim o`shanda shu kabi odamlarga. Ishim shu kuni tushlikkacha tugadi. Uyga qaytishda yo`lda ertalabki cholni ko`rib qoldim. Qiziq, qo`lida bir dona gul bor edi. Endi qiziquvchanligim tutib mashinadan tushib qoldim va cholning ortidan kuzatib ketdim. U sirpanchiq yo`ldan zo`rg'a yurib borar, qo`lidagi gulni esa juda avaylab bag'riga bosib olgandi. Qabriston tomonga burilganida yuragim nimanidir sezdi. Qabrlar qor bilan qoplangan, chol ularni oralab chetdagi bir qabr yonida to`xtadi. Cho`kkalab gulini qabr ustiga qo`ydi. Boshini egib ancha vaqt shu taxlit turib qoldi. Uning yig'layotganini sezish mumkin edi. Iztirobli manzara... Sezib qolishini istamasamda yaqinroq bordim. Qabrga kichikroq marmar o'rnatilgan edi. Xotinining qabri bo`lsa kerak. Bugun tug'ilgan kuni ekanda. Ajabo shunga ertalabdan bunaqa qilgan. 7 yil bo`libdi o`lganiga. Qabr ustida bir dona qip-qizil atirgul qordan sovuq qotgandek mayin titrab turardi. Cholning pichirlayotgan ovozi quloqlarimga eshitildi: \Bu so`nggi gul, tez orada yana birga bo`lamiz\... G'alati b?lib ketdim. So'nggi gul? Bu nima degani? Nahotki bu ... U bazo'r ?rnidan turib, kelgan yo'lidan bir-bir ortiga yurib ketdi. Men biroz u ziyorat qilgan qabr yonida turib qoldim. \Yana kelibdida...\ Ovoz kelgan tomonga yuzlandim, go'rkov b?lsa kerak. Menga qaramasdan, qabr ustida turgan gulga tikilguncha so'zlashda davom etdi: \U juda yaxshi ko'rardida rahmatlik ayolini. 40 yildan ziyod birga baxtli yashashdi. Lekin farzandlari bo'lmadi. 7 yil oldin esa... 7 yilan beri har kuni kelardi, issiq kunda ham, sovuq kunda ham. Yaqinda og'ir betob bo'lib, kasalxonaga tushib qoldi. Ancha ?rganib qolganman unga. Kecha kasalxonaga borsam, doktorlar ahvoli og'irligini aytishdi. Ehtimol, umrining so'nggi kunlarini yashayotgandir. Buni qarang, bugun kasalxonadan qochib ketgan ko'rinadi. Inson bo'lib, bunaqa muhabbatni ko'rmagan edim.\ Ko'zimdan yosh chiqib ketdi. Muhabbat, sadoqat haqida gaplarni ko'p eshitardim. Shunaqa b?larkanda. Biz ba'zida oldimizdagi baxtning qadriga yetmaymiz. Afsus... Afsuslanishdan boshqa nimayam kelardi qo'limdan? So`nggi gul? Eh, otaxon haqiqiy qalb o`lmaydi hecham. Mana shunaqa gul bo`lib qayta tug'iladi hali…
|
Категория: SmS Sevgi Voqealari |
Просмотров: 1409 |
Добавил: akmal
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|