Главная » 2014 » Mart » 22 » ISTAYMAN
|
Muhabbat haqida eng go`zal sherni, Faqat seni o`ylab bitmoq istagim. Va uni yurakka, qonga singdirib, Ko`zlaringa qarab aytmoq istagim.
Men Pushkin emasman, CHo`lpon xam emas, Lek sevgim ulardan zarra kam emas. Menga faqat sening mehring bo`lsa, bas, Bag`ringda dunyodan o`tmoq istagim.
Sen ham beshavqatsan o`zimga o`xshab, Men esa yonaypman so`zimga o`xshab. O`sha dil qasrining to`rida yshab, Boshingda tong bo`lib otmoq istagim.
Bizni bog`lab turgan eng aziz hislar, Ishqimiz poyidan ungan ildizlar. Qanchali yiroqda bo`lsin yulduzlar, Uni qo`llarimda tutmoq istagim.
Rameo`-Juletta muxabbatidek, Majnun va Laylining sadoqatidek. Yusuf va Zulayho ibodatidek, Ishqing lazzatidan totmoq istagim.
Jafolar qilsang gar sinamoq bo`lib, Vafolar qilmasang bagrimni tilib. SHoirni chorlasang olisdan turib, Ortingdan ergashib ketmoq istagim.
Muxabbat xaqidagi eng go`zal sherni, Faqat seni o`ylab bitmoq istagim. Va uni yurakka, qonga singdirib, Ko`zlaringa qarab aytmoq istagim..
|
Категория: SHOIR_BOLA IJODIDAN |
Просмотров: 707 |
Добавил: SHoirbola
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|