Главная » 2015 » sentyabr » 21 » Istaysizmi yo'qmi?
|
Istaysizmi-yo‘qmi, gardun aylana, Istaysizmi-yo‘qmi, qaytib kelaman. Sog‘inmagan ko‘zingizdan aylanay, Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
Oy botadi – yulduzlarning habibi, Tong otadi, ta’nasi yo‘q samimiy. Tabiatning qonunidek tabiiy – Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
Quchog‘iga yashirmaydi xiyobon, O‘rtamizda udum otlig‘ biyobon. Sizga nima, kuysam o‘zim kuyaman, Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
Chaqmoq kalit bo‘ldi qulfi dilimga, Tegmagan bir qizning zulfi dilimga. Sizdan o‘zga xon yo‘q mulki dilimga, Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman
Boshingizda yaproq bo‘lib aytaman, Poyingizda tuproq bo‘lib aytaman. Tuproqdayam mushtoq bo‘lib aytaman, Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
1998
Iqbol Mirzo
|
Категория: SmS Sevgi |
Просмотров: 1225 |
Добавил: Admin
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|