Главная » 2014 » Oktyabr » 15 » Men bugun yeg'ladim!
04:05 Men bugun yeg'ladim! |
Kuz ham kirib keldi qalbim bog’iga Gullagan nihollar sarg’ayar to’kilib Qora bulutlar qo’nar hayot tog’iga Yuragim yig’laydi men unga qo’shilib Ingraydi oshiq qalb sadosi yo’qdur O’kinib so’zlaydi bir g’amgin, bir kulib Yuzimda tabassum dilimda cho’qdur Yuragim yig’laydi men unga qo’shilib Urushdim men uni nega yig’laysan Iltimos bunchalar yig’lama to’lib Bechora xo’jangni nega tig’laysan Yuragim yig’ladi men-chi qo’shilib Nasihatlar tariqdek unga kor qilmas Doim jufti tomon turar shoshilib Biladi taqdir uni unga yor qilmas Yuragim yig’laydi men unga qo’shilib Tong otib kunning botishin kutar Bilmadimnega u bunday yo’l tutar Menga ham sezdirmay sirini yutar Yuragim yig’laydi men unga qo’shilib Qaydan duchor bo’ldi qalb bu baloga Yaralangan qush endi uchmoqlik bo’lib Qanotini yozadi bu keng fazoga Yuragim yig’laydi men unga qo’shilib Shunchaki taslim bo’lgisi kelmas Ko’zlarga yig’ilgan sog’inch sizilar Ayladi bu hayot zanjirsiz quling Yuragim yig’laydi men unga qo’shilib Odamlar orasida yuribman erkin Yurak-chiqar o’kinchiga qarar tikilib Istamasmu hayotin aylamoq sokin Men bugun yig’ladim yurak qo’shilib
|
Просмотров: 597 |
Добавил: Admin
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|