Главная » 2016 » Iyul » 3 » Musofirlik risqin terib yurganlar!
22:04 Musofirlik risqin terib yurganlar! |
Musofirlik risqin terib yurganlar... Yillab ketsalar ham Vatandan yiroq, Unutmaydi ona tuprog`in biroq. Yuragini yemiradi ayriliq, firoq, Oson tutmang o`zga yurtda yurganlarga, Musofirlik risqin terib yurganlarga. Uy-joylarning ortida qancha mehnat yotibdi, Kimlar devor quraru, kimlar shifer qoqibdi. G`iybatchilar ularga nelar deb gap otibdi, Oson tutmang o`zga yurtda yurganlarga, Musofirlik risqin terib yurganlarga. Uylar qursa qurar mehnatin ortidan, Mashina minsa minar davlatin ortidan. Xech ham xor bo`lmas hunarin ortidan, Oson tutmang o`zga yurtda yurganlarga, Musofirlik risqin terib yurganlarga. Ularga hamisha Xudo bo`lib yor, Qayda bo`lsalar ham bo`lsin baxtiyor. Ularning ko`ngli misoli oq qor, Oson tutmang o`zga yurtda yurganlarga, Musofirlik risqin terib yurganlarga. Yaxshi niyat qilsalar, niyatlari bo`lgaydir murod, Sog`lik, baxt va omad ularga doim bo`lsin hamroh. Farzand ko`rsa ismin qo`ysin Xushnud yoki Xolmurod, Oson tutmang o`zga yurtda yurganlarga, Musofirlik risqin terib yurganlarga. By Xushnud Ruzmetov
|
Категория: SmS Vatan |
Просмотров: 891 |
Добавил: Admin
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|