Главная » 2014 » Aprel » 5 » Ona Sozzi faqat ohirigacha oqing yiglamang
17:18 Ona Sozzi faqat ohirigacha oqing yiglamang |
Mehmon bo'ldi tushimda onam Ko'zlarida tashvish iztirob, Hayolida ming bir savollar Yuzlarida ming bitta azob Boshim uzra bo'lib ovora Ming dard bo'lib farovush Atrofimda bo'lib parvona Savol bilan boqadi homush Oh sochlari hiyol to'zg'igan Qadoq qo'llar boshim silaydi Ko'zlarimga tik boqib zimdan Savoliga javob so'raydi Eshitilar yurak urishi So'zlarida mungli hayajon O'glim gapir bu qandoq xolat Nima bo'ldi senga bolajon Aytgin bolam gunohing nima To'rt devorga mahkumsan nechun Bu qandayin temir panjara Temir eshik nahot sen uchun Aytgin o'g'lim yashirma mendan Nahot qo'ling qonga botgandir Kutmagandim yomonlik sendan O'g'rilikka ko'ngling yotgandur yo kimningdur toptam nomusi Tushirdingmi sha'nimizga dog' Yo unutib bergan oq sutib Ruhimizga qo'ydingmi oyoq Balki bo'lib sen shuhratparast O'zgalarni qildingmi behurmat Ko'chalarda yurib mast alas Padaringga keltirding lan'at Ko'z ochaman yo'qdur madorim Atrofimda tanish manzara Temir eshik darchasi bilan Yana usha temir panjara Tong shu'lasi tuynuk ortidan Ko'rinadi misli kapalak Vo ajabo yostig'im uzra Qo'nib turar mitti kapalak Ey tabiat lolman sehringga Buncha sirli bo'lmasang dunyo Tushimdagi onam so'zlarin Shu kapalak aytgandek go'yo Onam ruhi bezovta bo'lib Uchib kelmish kapalak timsol Boshim uzra ohista qo'nib Qayta qayta beradi savol Onajonim! meni kechiring! Ruhingizni bezovta qildim Qora kunlar tushib boshimga Yana bir bor qadringiz bildim Onajonim meni kechiring Yaxshi kunlar yodga olmadim Qabringizni qo'yib sagana Lekin o'zim tez-tez bormadim Pok tutdim men sha'ningiz ammo Zarracha dog' tushirganim yo'q Otam bilan sizning nomingiz Yuragimdan o'chirganim yo'q Yuragim ham toza ko'nglim ham toza Qotillikdan yiroqdir yo'lim Onajonim, onajonim o'g'ri emasman O'g'rillikka bormaydi qo'lim Bo'lganim yo'q men shuhratparast O'zgalarni kamsitganim yo'q Duo oldim umrimda faqat Ammo lan'at keltirganim yo'q! Aybim shuki do'st deb barchani Quvonchimga sherik qilganman Sinab ko'rmay dardimni aytib Dushmanimni do'st deb bilganman Aybim shuki rost gapirganman Do'stimga ham dushmanimga ham Sherik bo'ldim o'zga dardiga O'z dardimga topmadim malham Aybim shuki bo'yin egmadim Vijdonimni qo'yib garovga. Mag'rur yashab qaram bo'lmadim Sohta obro' istab birovga Aybim shuki boylik yig'madim Farzandimni dedim tillodan Yomonlikka yaxshilik qildim Kulfatimni ko'rdim xudodan So'zlarimni tushunib go'yo Panjaraga uchdi kapalak Onam ruhin taratib ro'yo Qayta ato etganda yurak Onam ruhi qayta kuch berdi Orzu, umid berdi yurakka O'g'lim! ozod bo'lasan dedi Intil dedi orzu tilakka Mehmon bo'ldi tushimda onam Makonida u tinch yotardi Qabri uzra bosh egib turdim Ufqda esa quyosh botardi
|
Категория: SmS Ibratli So'zlar |
Просмотров: 1321 |
Добавил: Шахноза
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|