Главная » 2014 » Aprel » 16 » Sen uchun emas
|
Izlamayman atrofdan men seni aslo Tanlading sen o’zgani, nega menimas Mayli umrim o’tkazay men sensiz tanho Yoshlanayotgan ko’zlarim sen uchun emas. To’g’ri baho berolmading tuyg’ularimga Bitayotgan satrlarim endi sengamas Sababchi ham emassan qayg’ularimga Yig’layotgan yuragim sen uchun emas Azob edi sog’inch qalbni ezgan damlarda Yolvorardim kecha kunduz qolmaslik yolg’iz Qoldi bugun sevgim mening zor alamlarda Xuvillagan qalbim mening sen uchun emas Endi senga, ko’zlaringga parvo qilmayman Titrayotgan ruhimga-da rahmim ham kelmas Seni deya men ko’ksimni ortiq tilmayman Mening telba hayollarim sen uchun emas Men telbaman, bag’ritoshman o’zim yashayman Ishq bog’ida sayr qilish menga kerakmas O’zim uchun baxt kalitin o’zim yasayman Baxt qasrining shahzodasi sen uchun emas Qizg’onmayman endi seni also, hech qachon Iforlaring qizg’onmayman, hech ishim bo’lmas Yulduzimsiz qolsa hamki, yorug’dir osmon Rashk qiluvchi nozik xilqat sen uchun emas Tilimda faqat bir so’z ,,Sen uchun emas” Alam ila haqiqatni tan olgim kelmas Har qadamda yuzma-yuzdir menga haqiqat Chunki, jonim sensiz hayot men uchun emas
|
Категория: SmS Sevgi |
Просмотров: 672 |
Добавил: Шахноза
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|