Bu voqeani Yozmoqchi Emasdim Albatta- Hech Kimni Dardiga Dard Qo'shmoqchi Emasman Lekin,Yoshligimda Maktabda Birga O'qigan Do'stim Esimga Tushib Ketdi Va Dardlarimni Bir Parchasini Yozmoqchi Bo'ldim... Bizni Sinfimizda 29-ta Qiz 6-ta O'g'il O'qirdik.7-chi Sinfga O'tganimizda Biz 6-Yigit Hammamiz Birdaniga 5-Sinfda O'qiydigan 6- ta Sinfdosh Qizlarni Sevib Qoldik U Paytda Biz Sevgi Nima Bilmasdik Shunchaki Qizlarni Yaxshi Ko'rib Qoldik.Ular Bilan Tanishish Uchun Har Kuni Orqasidan Yurardik.Maktabdan Uyga Qaytayotganda Ularga Qo'shilib Olardik.Oradan 1-Yil O'tdi Ular Bilan Ancha Gaplashib Yurdik,Bir Kun Kelib Hammamiz Birma-Bir Qizlarimiz Bilan Urushib Qoldik Va Ajrashib Ketdik.Lekin Bir Sinfdoshim Yaxshi Ko'rgan Qizini Haqiqatdan Sevib Qolgan Ekan.U Bilan Doim Birga Yurardi Bizni Unga Havasimiz Kelardi.Agar Qizga Biror Yigit Gap Otgudek Bo'lsa Hammamiz Do'stimizni Sevgisi Uchun O'sha Gap Otgan Yigitlarni Adabini Berardik.Biz 6- Yigit Juda Inoq Edik Lekin,Bir Kun Kelib O'sha Kitoblardagi "Romeo Va Julyetta"ning Qayg'uli Sevgi Tarixi Do'stimizni Boshiga Tushishini Bilmas Edik... Bahor Fasli Tugab Yozga Yaqinlashib Qolgan Kunlarni Birida Biz Do'stlar Darsdan Keyin Maktabimiz Darvozasi Oldidan Katta Kanal Oqib O'tardi,Kanal Yonlarida Tut Daraxtlari Bor Edi.Kanal Boshidagi Tut Mevasi Pishadigan Daraxtlarni Ustiga Chiqib Olib Tut Yerdik.Tanaffus Kelganida U Yerni O'quvchilar Bosib Ketardi... Do'stim Bir Kuni Darsdan So'ng Sevgan Qizi Bilan Tut Yeyishga Chiqibdi Biz Bilmagan Edik.Sinfdoshimiz Sevgan Qiziga Tut Olib Beraman Deb Daraxt Ustiga Chiqibdi,Biz U Paytda Futbol O'ynab Bo'lib Ularni Oldiga Borayotgandik. Do'stimiz Qo'liga To'ldirib Tut Yig'ib Sevgan Qiziga Berdi Va Yana Tut Ustiga Chiqib Ketdi. Biz Do'stlar Bilan Hazillashib Kulib Yaqinlashib Qolganimizda,Baqirgan Ovozni Eshitdik Do'stimiz Daraxt Ustidan Yiqilib Katta Kanalga Tushib Ketdi U Suzishni Bilmas Edi.Buni Ko'rgan Sevgan Qizi Baqirgancha O'zini Suvga Tashladi. Biz Ham Juda Qo'rqganimizdan Ularni Orqasidan Qutqarish Uchun Suvga O'zimizni Tashladik Biz Sazardik-Suzardik Lekin Yetolmadik Ular Juda Uzoqlashib Ketgandi.Qancha Suzmaylik Ularga Yetolmadik.Biroz Vaqtdan Keyin Ikkalasi Ham Ko'rinmay Ketdi.Maktabdagi Bizni Ko'rgan Bolalar O'qituvchilarga Aytishibdi O'qituvchilar,Bizdan Oldin Mashinada Ularni Oldidan Chiqib Suvdan Qutqarib Chiqishibdi . Biz Ham Suvdan Chiqib U Yerga Borarkanmiz Yuragimiz Judayam Tez-Tez Urardi. Ey Hudo Do'stimiz Va Qiz Sog' Salomat Bo'lsin Derdik... Yetib Borganimizda O'qituvchilar Bizlarni Do'stimizni Ko'rishga Qo'yishmadi,Lekin Biz Ularga Qarshilik Ko'rsatib Ularni Oldiga Bordik. Ko'zlarimiz Yoshga To'ldi... Hammayoq Qonga To'la Edi Do'stimizni Boshi Suvda Toshga Tegib Hushidan Ketibdi Sevgan Qizi Esa Uni Mahkam Ushlaganicha Suv Ichida Birga Qolibdi.Ularni Olib Chiqishganidayam Bir-Biridan Ajralishmabdi...Ikki Farishta Sevishganlar Bir Umirga Sevgisi Uchun Jon Beribdilar... Bilmadim - Hozir Ular Jannatning Sevgi Bog'larida Qo'l Ushlashib Tut Daraxtida Tut Yeb O'tirishgandir. Biz Ularni Juda Sog'inamiz..
|