Kechalari yo'qolgan orom, So'roqlayman seni bolishdan. Nigohlaring aylaganda rom, Qo'rqar edim sevib qolishdan. So'zlashardim sen bilan to'lib, Charchamasdim hech ham kulishdan. Ba'zan faqat xayolga tolib, Qo'rqar edim sevib qolishdan. Kundan kunga borarding yoqib, Baxtli edim birga yurishdan. Vujudimda bir nido oqib, Qo'rqar edim sevib qolishdan. Bugun o'ta totli boqishlar, Qarshisida turolmadim jim. Qo'rqar edim sevib qolishdan. Lekin sevib ulgurgan edim.