Payshanba, 21.11.2024, 11:57

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2015 » Avgust » 17 » Mehmon bo'ldi tushimda Onam!
22:52
Mehmon bo'ldi tushimda Onam!
himda onam
Ko'zlarida tashvish iztirob,
Hayolida ming bir savollar
Yuzlarida ming bitta azob
Boshim uzra bo'lib ovora
Ming dard bo'lib farovush
Atrofimda bo'lib parvona
Savol bilan boqadi homush
Oh sochlari hiyol to'zg'igan
Qadoq qo'llar boshim silaydi
Ko'zlarimga tik boqib zimdan
Savoliga javob so'raydi
Eshitilar yurak urishi
So'zlarida mungli hayajon
O'glim gapir bu qandoq xolat
Nima bo'ldi senga bolajon
Aytgin bolam gunohing nima
To'rt devorga mahkumsan nechun
Bu qandayin temir panjara
Temir eshik nahot sen uchun
Aytgin o'g'lim yashirma mendan
Nahot qo'ling qonga botgandir
Kutmagandim yomonlik sendan
O'g'rilikka ko'ngling yotgandur
yo kimningdur toptam nomusi
Tushirdingmi sha'nimizga dog'
Yo unutib bergan oq sutib
Ruhimizga qo'ydingmi oyoq
Balki bo'lib sen shuhratparast
O'zgalarni qildingmi behurmat
Ko'chalarda yurib mast alast
Padaringga keltirding lan'at
Ko'z ochaman yo'qdur madorim
Atrofimda tanish manzara
Temir eshik darchasi bilan
Yana usha temir panjara
Tong shu'lasi tuynuk ortidan
Ko'rinadi misli kapalak
Vo ajabo yostig'im uzra
Qo'nib turar mitti kapalak
Ey tabiat lolman sehringga
Buncha sirli bo'lmasang dunyo
Tushimdagi onam so'zlarin
Shu kapalak aytgandek go'yo
Onam ruhi bezovta bo'lib
Uchib kelmish kapalak timsol
Boshim uzra ohista qo'nib
Qayta qayta beradi savol
Onajonim! meni kechiring!
Ruhingizni bezovta qildim
Qora kunlar tushib boshimga
Yana bir bor qadringiz bildim
Onajonim meni kechiring
Yaxshi kunlar yodga olmadim
Qabringizni qo'yib sag'ana
Lekin o'zim tez-tez bormadim
Pok tutdim men sha'ningiz ammo
Zarracha dog' tushirganim yo'q
Otam bilan sizning nomingiz
Yuragimdan o'chirganim yo'q
Yuragim ham toza ko'nglim ham toza
Qotillikdan yiroqdir yo'lim
Onajonim, onajonim o'g'ri emasman
O'g'rillikka bormaydi qo'lim
Bo'lganim yo'q men shuhratparast
O'zgalarni kamsitganim yo'q
Duo oldim umrimda faqat
Ammo lan'at keltirganim yo'q!
Aybim shuki do'st deb barchani
Quvonchimga sherik qilganman
Sinab ko'rmay dardimni aytib
Dushmanimni do'st deb bilganman
Aybim shuki rost gapirganman
Do'stimga ham dushmanimga ham
Sherik bo'ldim o'zga dardiga
O'z dardimga topmadim malham
Aybim shuki bo'yin egmadim
Vijdonimni qo'yib garovga.
Mag'rur yashab qaram bo'lmadim
Sohta obro' istab birovga
Aybim shuki boylik yig'madim
Farzandimni dedim tillodan
Yomonlikka yaxshilik qildim
Kulfatimni ko'rdim xudodan
So'zlarimni tushunib go'yo
Panjaraga uchdi kapalak
Onam ruhin taratib ro'yo
Qayta ato etganda yurak
Onam ruhi qayta kuch berdi
Orzu, umid berdi yurakka
O'g'lim! ozod bo'lasan dedi
Intil dedi orzu tilakka
Mehmon bo'ldi tushimda onam
Makonida u tinch yotardi
Qabri uzra bosh egib turdim
Ufqda esa quyosh botardi!

Ushbu she'r O'zbekiston Davlat San'at Institutida 1-aprel kuni bo'lib o'tgan Laziz Ashuraliyevning 50%-50% yohud navbatdan tashqari benefis dasturidan yozib olindi.
Категория: Onajonlar Xaqida | Просмотров: 4629 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
0  
1 Admin   (19.07.2016 23:44) [Материал]
SALOM XURMATLI OK RU FOYDALANUVCHILARI SIZLARGA SHUNI MA'LUM QIZLAMIZKI.
BIZDA YANGI SAYT OCHILDI.
Xituz.Moy.Su Saytimiz nomi.
Siz bu saytdan SMS she'rlar va ok.ru sayti uchun STATUSLARNI ham Topasiz.
Xituz.Moy.su SEVGI, AJOYIP SEVGI VOQEALARI, JUMA XAYT XAR XIL BAYRAMLAR UN HAM Sherlar va Chiroyli Sozlarni ham topishingiz mumkin.
Yana bir yangilik
Xituz.Moy.Su saytimizga Shoir va Shoira qiz va yigitlar bilan hamkorlik qiladi.
Sherlaringizni bizda chop eting. Marhamat.
www.Xituz.moy.su manzilida kutamiz!
Xituz.moy.su
Xituz.moy.su