Virtual muloqotlar, qizlar bilan tanishish, sinovidan o'tmaganlari bilan behayo suhbatlar qurish jon-u dili edi. Toki bir voqea uning hayotida chuqur iz qoldirmagunicha. Xullas, u internetda taniqli aktrisalardan birining suratlarini qo'yib olib,"Guli"degan ismda profil ochgan qiz bilan tanishib qoldi. Uning ham saytdagi ismi boshqa edi. Bir-ikki gaplashganlaridan keyin qizni uchrashuvga taklif qildi. Aytilgan vaqtda, aytilgan joyda o'tirgan yigitning diqqatini uzoqdan köringan qizöziga tortdi. Uchrashuv joyiga... uning singlisi kelardi... Qiz ham uni ko'rib qoldi... Yigit tiligacha muzlab ketdi... Saytda gaplashganlarida unga aytilgan behayo takliflari, qizning sharmisora javoblari... Shundan beri saytlarga yo'lamaydi... Singlisining esa yuziga ham qaragisi kelmaydi... O'sha"uchrashuv"dan keyin uni qattiq do'pposladi, qo'lidan telefonini olib qo'ygan... Lekin yuragini qandaydir iztirob kemirgani kemirgan... U doim bir narsaniöylaydi:"Men singlim bilan tanishgan nechanchi yigit ekanman ?deb yozilgan edi
|