Yakshanba, 24.11.2024, 05:24

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Yanvar » 19 » Qabsistondan nega qo'rqaman
22:16
Qabsistondan nega qo'rqaman
1999-yil 28-dekabr.
Qishki ta'til boshlangan.
Universitetda o'qiydigan kichkina
amakim meni o'zi bilan qishloqqa
olib ketdi. Men har yili qishda
qishloqqa borardim. Chana
uchish, tizzaga yetadigan qalin
oppoq qor menga juda yoqardi.
Yangi yil bayramini ham
qishloqda o'tkazdim. Ko'z ochib
yumguncha maktab ochiladigan
kun ham yaqinlashib qoldi.
Qishloqda 11 kun turdim (balki
bu tasodifdir)... 2000-yil 8-yanvar.
Men qishloqdan uyga kelyapman.
Ko'chamizga kirdimu darvozamiz
tagidagi turgan bobomning
mashinasiga ko'zim tushdi. Lekin
negadir yuragim g'ash... Uyga
yaqinlashganimda darvozadan
dadam singlimni ko'tarib chiqdi.
Ortidan bobom va notanish bir
kishi. Undan dorining hidi
anqirdi. Oxirida ayam. Ko'zlari
qizarib shishib ketgan. Men nima
bo'lganligini so'radim: \Feruzni
doktorga oborib kelamiz, tomog'i
og'ribdi\, degan javobni oldim (u
26-yanvar kuni 3 yoshga kirardi).
Kech tushdi. Dadamning bir o'zi
qaytdi. Ayam va singlim
shifoxonada qolgan ekan. Dadam
shifoxona uchun zarur bo'lgan
narsalarni oldi. Men ham dadam
bilan shifoxonaga bordim.
\Reanimatsiya\ degan yozuv
ilingan eshikka bordik. Hamshira
kirg'izmadi. Keyin kutish zaliga
o'tdik. Ayam chiqib keldi. Ayam
meni quchib yig'lardi. Men esa
shiftga qarardim. Chunki ko'zim
to'la yosh edi... Uyga qaytib keldik.
Ertasi kuni meni oborishmadi...
10-yanvar. Kechqurun
shifoxonaga bordik. Meni
singlimning yoniga kirg'izishdi...
Uni hech qachon bunaqa holatda
ko'rmagandim. Yuzlari oqarib
ketgan, ko'zlarining atrofi
ko'kargan, holsiz yotardi.
Hamshira kirib uni ukol qiladigan
payt bo'lganligini aytdi. Singlim
yig'lardi: \Opajon ukol qimang,
men aqlli qizman. Ayamni
aytganini qilaman, tovuqlarga
don beraman. Ukol qimasangiz
qo'lqopimni sizga beraman\.
Hamshiraning ko'zidan yosh
dumaladi. Singlim ayamga
yuzlandi: \Ayajon meni ukol
qimasin. Men yaxshi bo'p
qoldimku. Iltimos
ayajon\. Najot
yo'q... Navbat menga kelgandi:
\Aka ayt meni ukol qimasin, aka.
Men seni yaxshi ko'raman aka.
Meni qutqar aka. Ukoldan
qo'rqaman\... Men xonadan otilib
chiqdim. Ortiq bunga
chidolmasdim... Ayam birozdan
so'ng orqamdan chiqib Feruza
meni chaqirayotganini aytdi.
Yoniga kirdim. \Aka ertaga
menga zvachka opke. Bittagina
zvachka opke, xo'p\ dedi. Men
\xo'p\ degandek boshimni
qimirlatdim. 11-yanvar. Bugun
maktab boshlandi. Ertalab kiyinib
maktabga keldim. Yo'l-yo'lakay
magazindan zvachka oldim. 3-
soat dars boshlandi...
Sinfxonamizning eshigi ochilib
katta singlim ko'rindi: \Aka
yuring uyga ketamiz, dadam
chaqiryapti (katta singlim endi 6
yoshga to'lgandi)\. Xonadan
chiqib undan nima gaplini
so'radim: \Feruza o'libdi\...
Tanamdan sovuq ter chiqib ketdi.
Hovliga kirar ekanman amakim
menga to'n va do'ppi tutdi. Xa
endi ishondim. Amakim bir qo'li
bilan yelkamdan quchib uyga
boshladi... Ayvonchada dadam
devorga suyangancha yerga
qarab turardi. Tuflisining ustida
suv tomchilari bor edi. Endi men
ishondim... Feruzning boshida
o'tirgan ayam... Uzr bu yog'ini
yozolmayman. Qo'limdan
kelmaydi. Aya bugun ertalab sizga
\Qabristonga borishdan
qo'rqaman\ deb yolg'on
gapirdim. Qabristondagi qabrlar
menga singlimni eslatadi...
Kichkina qabr... Men bundan
keyin o'zimga kelishga juda
qiynalaman.
Категория: SmS Sevgi Voqealari | Просмотров: 806 | Добавил: akmal | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Jasmin   (20.01.2014 13:46) [Материал]
ЭЙ ХУДО БУ НЕ КУРГИЛИК... ЖУДА ХАМ РАХМИМ КЕЛЯПДИ.НЕГА БУ ДУНЁ ШУНДАЙ ЭКАНА.... АРМОНЛИ ДУНЁ....ХАСРАТЛИ ДУНЁ...
ДАРАХТНИ БАРГИДАН КИЛСАНГДА ЖУДО ОНАНИ БОЛАМ ДЕБ ЙИГЛАТМА ХУДО...УТИНАМАН ЁЛВОРАМАН ОТА ОНАНИ БОЛАМ ДЕБ ЙИГЛАТМА ХУДОЙИМ...