Hayol chashmasi ham guldan yiroqlab, Mayli holim hech kim ko'rmas so'roqlab, Isming tilga olib, yurak titroqlab, Menga shuni o'zi bas, o'zi kifoya... Qaylarda, qay zamon, qaysi makonda, Baxtdan gullar unib, shodon suronda, Meni eslasang gar bir ajib onda... Menga shuni o'zi bas, o'zi kifoya... Tunlaringni quvonch allalaganda, Mayin sabo seni erkalaganda, Entikib dunyodan ishq gullaganda... Menga shuni o'zi bas, o'zi kifoya... Ko'zlaring jilvasi tunda yulduzlar, Armonda qolar ular izlab kunduzlar, Bahorni sog'inib sensiz bu kuzlar, Menga shuni o'zi bas, o'zi kifoya... Uzoqdan shivirlab bir so'zni aytdim, Ayrildim, go'yoki foniydan qaytdim, Qo'limda gullarim yoshdan sarg'aytdim, Menga shuni o'zi bas, o'zi kifoya... Bilaman ne uchun tunlarim bedor, Rohat yo'q mashaqqat chekmasdan bir bor, Yaxshiyam shu ko'zlar, senday sevgim bor, Menga shuni o'zi bas, o'zi kifoya...
|