Sevgi shunday bevafo tuyg'u, kuni kelib, tashlab ketarkan. O'z o'rniga qo'yib g'ururni, kulgan ko'zni yoshlab ketarkan. Ishontirib achchiq yolg'onga, armonlarga boshlab ketarkan. O'z o'rniga qo'yib taqdirni, bir laxzada aldab ketarkan. Bedor tunda parvona bo'lib, kunduz esa sabr qilarkan. Bizga ochib do'zax eshigin, o'z manzili jannat bo'larkan. Bizga berib bedavo dardni, o'zi shodon o'ynab kularkan. Ermak qilib yolg'iz ko'ngilni, ajal tomon boshlab qo'yarkan...