Payshanba, 21.11.2024, 22:36

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Mart » 12 » Виртуал СевгиБорми ?? (Интернетдаги Севги)
17:08
Виртуал СевгиБорми ?? (Интернетдаги Севги)
Ajoyib savol! Ya'ni
insonlar
internetda bir-
birlari sevib qolishi
mumkinmi?
Hozirda ushbu
savol ko'p joylarda
yangramoqda.
Savol berilayotganda uning
oxangiga e'tibor bering!
Virtual
sevgi bormi? Negadir menga
bu
savol oxangida, ha degan
javobni
kutayotgandek kayfiyatni
sezaman. Bundan ma'lum
bo'ladiki, sevgiga
ishonadiganlarning
ko'pchiligi
virtual sevgiga ham
ishonadi. Bu
savolga har kim o'z
tushunchasi
doirasida javob bermoqda.
Ba'zilar aytadiki: "Sevgi joy
tanlamaydi". To'g'ri, joy
tanlamaydi, ammo internet
"joy"ga to'g'ri kelarmikin? Bu
virtual sevgiga ishonmas
ekan
deb o'ylamang. Keling
birgalikda
taxlil qilib ko'ramiz!
Inson sevib qolishi uchun
nargi
inson haqida ruxiy, jismoniy,
ma'naviy, oilaviy va hatto
axloqiy
taraflari haqida ham
tasavvur
bo'lishi kerak. Internetda
uning
gaplarini yozuvlarda ko'rasiz.
Fikrlashi va dunyoqarashini
anglab olasiz. O'zi va oilasi
haqida tanishasiz. Rasmini
ko'rib
baxo berasiz. Sizga yoqib
qoladi
(bu hali sevgi emas). Yana va
yana gaplashgingiz keladi.
Sog'inasiz, kutasiz. Online
bo'lganda xursad bo'lib
ketasiz.
O'zizcha o'ylaysiz,
sog'inyapman,
talpinyapman sevib
qoldimmikin?
Ammo o'ylamaysizki, u
umuman
boshqacha inson bo'lib
chiqishi
mumkin. Rasm o'ziniki emas,
yozgan narsalari esa u inson
xushmuomila bo'lgani
sababli
sizga mehrli bo'lib
tuyulgandir.
Yozayotgan har bir inson
o'zini,
qarshisidagi insonga
mukammal
qilib ko'rsatishga harakat
qiladi.
Natijada xaqiqatdan yiroq
bo'lgan taassurotlar paydo
bo'ladi. Kun sayin uni o'z
tasavvurida ideallashtirib
boraveradi. Oqibatda
nuqsonlar
ham ko'rinmay qoladi. Kelgan
xatlarni aql ko'zi bilan emas
qalb
ko'zi bilan ko'ra boshlagach
esa
xis tuyg'ular ta'sirida uning
xabarlari rang-barang
tuslarga
kiradi. Xayolot ummonida
butunlay o'zgacha tasvirlar
namoyon bo'ladi.
Insonning qalbida shunchalik
tug'yon urayotgan xislar
sevgidan boshqa narsa emas,
deyishingiz shubxasiz.
Ammo
yuqorida aytib
o'tganimizdek, u
inson umuman boshqacha
olam
bo'lib chiqsachi? Qalbda juda
katta to'qnashuv ro'y
beradi... U
boshqa olam bo'lsa, demak
siz
tasavvur qilgan sevgi
dunyoyingiz xayolot
olamidagi
oxiri yo'qlik bo'lgan tuyg'u
holos
bo'lib qoladi. Sizning
tasavvuringizdagi
maxbubingiz
real xayotda mavjud emas
bo'lib
chiqadi. Faqat hayoldagina
mavjud bo'lgan sevgini
xaqiqiy
sevgi deyolmaymiz. Sevgida
ikkala inson ham real
hayotda
mavjud bo'lishi shart.
Menimcha endi o'zingiz
xulosa
chiqarib bo'ldingiz. Ma'lum
bo'ldiki, virtual sevgi xaqiqiy
sevgi bo'lolmas ekan. Xaqiqiy
sevgi bo'lishi uchun baribir
real
hayotga murojat qilishga
majbur
ekanmiz. Internetda tanishib,
keyin hayotda tanishib sevsa
bu
sevgi bo'ladi. Faqat
internetda
o'tirib olib bir-birini sevib
qolish
hayoldan o'zga narsa emas.
Demak virtual hayot sevgiga
bir
vosita va boshlang'ich
tanishuv
bo'lishi mumkin ekan.
Xaqiqiy
sevgi esa faqat va faqat real
hayotda bo'ladi.
Virtual suhbatdagi, yuqorida
aytilgan qalb kechinmalari,
sog'inish, talpinish, kutish bu
real
hayotimizdagi
tuyg'ularimizni
qalbda junbushga kelishidir.
Bu
holatni faqatgina hayoliy xis
deb
tushunish va bu holatga
imkon
qadar tushmaslikka harakat
qilishimiz lozim. Har doim,
har
nafasda bu shunchaki virtual
olam ekanini, real hayot
umuman
boshqa ekanini hamisha
yodda
tutishimiz lozim bo'ladi.
Bu tajribada o'rgangan
narsalarimizni kelajak
avlodlarga
ham o'rgatishimiz judayam
zarur
xisoblanadi. Toki biz qilgan
xatolarga ular yo'l
qo'ymasin.
Virtual suhbatga kirishib real
hayotni u bilan almashtirib
qo'ymasinlar. Internet olami
insonlarning uzog'ini yaqin
qilib,
muloqot imkoniyatini
beradigan
juda qulay eng so'ngi
kashfiyot
ekanini unutmaylik. U bizlar
uchun real hayotimizni
o'rnini
bosishga emas, balki real
hayotimizga yordamchi
bo'lishga
xizmat qilsin!
Internet olami, bizning millat
uchun, vatanimiz uchun va
kelajagimiz uchun faqat va
faqat
yaxshiliklar olib kelsin. U
sababli
yetadigan har qanday
moddiy va
ma'naviy zararlardan
hammamizni avvalo Alloh
saqlasin, o'zimiz ham
judayam
extiyot bo'lib kerakli
choralarni
vaqtida amalga oshirib
boraylik
Категория: SmS Sevgi Voqealari | Просмотров: 963 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
1 Jasmin   (13.03.2014 02:15) [Материал]
жуда тугри гаплар ёзибсиз хозирда интернетдан хар ким турлича фойдаланмокда.купчилик ёшларимиз эса шу интернет туфайли ёмон йулга кириб кетмокда АФСУС...