Payshanba, 21.11.2024, 22:30

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2013 » Dekabr » 26 » Ummon - Vaqt (Qo'shiq matni)
00:57
Ummon - Vaqt (Qo'shiq matni)
UMMON - VAQT

(ZOHID)
Yana qaytdi kuz,
Yana daraxtlardagi barglar,
To'kiladi yerga hazonlar,
Yomg'irlar...

Kuz,...
Nechuk meni ko'p yo'qlamasang,
Bolaligim olganing mayli,
Yoshligimni olib ketmoqdasan,
Kuz....

(SHOXRUX)
Hazonlar....
Biz o'ynab yurgan bog'lar,
Hazonlar....
Ulg'ayib bo'pmizaku qaranglar.
Yillarni uchirmoqda shamollar.
Va yana hazonlar.
Yomg'irlar...
Buncha ko'p yig'lamasa.
Osmonlar...
Derazamdagi mayda tomchilar.
(Balki mani yo'qlab kelgan ular.)

(JASUR)
Kuz...
Bunchalar shoshmasa soatlar.
Tugamoqda daraxtlarda barglar.
Oylarni ortidan quvar oylar.
Tugadi-ku, Kuz...
Yana qaytdi qish.
Yana vaqt mag'lub.
Kelib bo'ldiku sovuq.

(ZOHID)
Osmondan...
Uchib kelar mayda parchalar.
Ko'chalarda oppoq archalar.
Bolalikdan parcha-parchalar.
Osmondan...
Uchib kelar mayda parchalar.
Ko'chalarda oppoq archalar.
Bolalikdan parcha-parchalar.

(JASUR)
Ko'chada qor...
Kimdur ishga shoshar.
Kimdir o'qishga,
Kimdir hammadan hursand,
Kimning ichi to'la g'am.
Oyning yarmi yorug',
Yarmi qora.
Agarda senda bo'lsa qora,
Hali hayot oldinda,
Hali bu kunlar,
Qolib ketadi ortingda.
Qayerdan deysan,
Shuncha tashvishlar.
Chinalarimiz ham,
Qolib ketdi podvalda.
Ulg'ayib bo'pmizaku,
O'zingga bir qara!

(SHOXRUX)
Qor...
Yoshligimni qaytargin,
Bir bor...
Maktab chog'larimni
Sog'indim...
Yana bir-birimizga
Otib qor...
O'ynab yurganim.
Hammasi tamom.
O'tgan yillarim.
Qaytsa edi bir on.

(ZOHID)
Osmondan...
Uchib kelar mayda parchalar.
Ko'chalarda oppoq archalar.
Bolalikdan parcha-parchalar.
Osmondan...
Uchib kelar mayda parchalar.
Ko'chalarda oppoq archalar.
Bolalikdan parcha-parchalar.
Категория: Qo'shiq matni | Просмотров: 1192 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Asaloy   (27.12.2013 13:26) [Материал]
Gap yo' zo'r 4ikibdi